Hisobni o'chirish
Hisob va unga bog'liq ma'lumotlar butunlay o'chiriladi. Qanday kirganingizga mos usulni tanlang.
Farzand ilovasi
- 1iPhone: Profil → pastdagi «Akkauntni o'chirish»
- 2Android: Profil → Sozlamalar → Xavfli hudud → «Akkauntni o'chirish»
- 3Ota-ona bog'langan bo'lsa, hisob faqat u ota-ona ilovasida ruxsat bergandan keyin o'chadi
Ota-ona ilovasi
- 1Profil → Sozlamalar
- 2«Akkauntni o'chirish»
- 3Tasdiqlang — farzand bog'langan bo'lsa, hisob 7 kundan keyin o'chadi (farzandsiz — darhol); shu orada ilovada «Akkauntni saqlash»ni bosing yoki qayta kiring — bekor bo'ladi
Hisob shu zahoti o'chadi. Keyin ilovani telefondan o'chirishingiz mumkin.
Android'dagi farzand ilovasida va ota-ona ilovasida bu tugma eng yangi versiyada — avval ilovani yangilang. Hali ko'rinmasa, Telegram yoki so'rov formasidan foydalaning.
Google yoki Apple bilan kirgansiz va ilovani ocha olmaysizmi? Kirishda ishlatilgan emaildan info@hoglt.com ga yozing — tasdiqlagach o'chirishni boshlaymiz.
Nima o'chiriladi
- Profil: ism, rasm, raqam yoki email
- Ota-ona va farzand bog'lanishi, jadval va qoidalar
- Ekran vaqti tarixi, joylashuvlar, xavfsizlik ogohlantirishlari
- Chatlar, vazifalar, tangalar, AI suhbatlari va to'lov tarixi
Nima qoladi
- App Store yoki Google Play obunasi o'zi bekor bo'lmaydi — uni do'kon sozlamalarida bekor qiling.
- To'lov cheklari to'lov tizimida (Click, App Store, Google Play) qoladi.
